Get the latest updates and TMCi's response to COVID-19
Read more

News and Blog

TMCIning yangi kampusi 2022-yilning kuzida tayyor bo’ladi

2022-06-20 12.32.35
Announcement

TMCIning yangi kampusi 2022-yilning kuzida tayyor bo’ladi

Toshkentdagi TMC instituti juda ulkan loyihadir. Biz sifatni miqdordan ko’proq qadrlanadigan joyga olib keldik. Biz TMC kelajakka tayyor, sohaga tegishli kurslarni taqdim etish missiyamiz nuqtai nazaridan O‘zbekistondagi barcha Oliy ta’lim muassasalari uchun namuna bo‘lishini istaymiz.

Loyiha bir yil avval boshlanganiga qaramay, Toshkentdagi TMC instituti aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishdi. O’zbekiston yoshlarining bilimga bo’lgan chanqoqlari va xohish istaklari bizlarni quvontiradi albatta. O‘zbekiston yoshlari sifatli ta’lim nimaligini ongli ravishda anglab yetayotgani va o‘z akademik faoliyatini TMC’dan boshlashga intilayotganidan xursandmiz.

Talabalar soni ortib borayotganligi sababli, biz ko’proq talabalar uchun sharoit yaratish kerakligini tushunamiz. TMC ma’muriyati o’qish uchun qulay shart-sharoit yaratish, shuningdek, yangi katta kampus qurish ustida ishlamoqda. Biroq, biz tezlikni emas, sifatni qadrlayotganimiz sababli, yangi kampusni qurish jarayoni kechiktirildi. TMC institutining yangi kampusi talabalarimizga o’zlarining eng ijodiy loyihalarini amalga oshirishlari, talabalikning oltin davri shukuhini bera oladigan  zamonaviy va uning boshqa imkoniyatlardan bahramand bo’lishlari uchun mo’ljallangan. Ta’lim sifatini yanada oshirish uchun eng zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or laboratoriyalarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Ko’pgina talabalar bizdan kattaroq kampusga ega bo’lamizmi, deb so’rashdi va bizning javobimiz HA!

Yuqoridagi fotosuratlarda siz yangi Talabalar shaharchasining birinchi binosining dizayn modelini ko’rishingiz mumkin. Bino allaqachon qurib bitkazilgan va hozirda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Talabalar shaharchasining umumiy maydoni Toshkent shahri markazidagi Yakkasaroy tumanida deyarli 1 gektarni tashkil etadi.

Shuningdek, o‘quvchilarning ota-onalari Novza masjidi yaqinidagi eski binomizga tashrif buyurib, qurilish ishlarini to’g’ridan-to’g’ri jonli ravishda kuzatishlari mumkin.

Yangi bino joriy yilda tayyor bo‘ladi va talabalarimiz yuqori texnologiyali yangi zamonaviy binoda o‘qishni boshlashlari mumkin.

Leave your thought here

Your email address will not be published.

Become a TMC Tashkent student

Apply today
Your future starts with TMC Institute
Select the fields to be shown. Others will be hidden. Drag and drop to rearrange the order.
  • Image
  • SKU
  • Rating
  • Price
  • Stock
  • Availability
  • Add to cart
  • Description
  • Content
  • Weight
  • Dimensions
  • Additional information
  • Attributes
  • Custom attributes
  • Custom fields
Click outside to hide the compare bar
Compare
Compare ×
Let's Compare! Continue shopping