Bakalavrga qabul TMC instituti o’zining ustaviga asosan hamda TMC institutining bosh direktori qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bakalavrga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha institut tomonidan belgilangan kirish sinovlari natijalariga ko‘ra, to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kirish sinovlari ikki tilda — o‘zbek, rus, tillarida o‘tkaziladi.
Abiturientlar bakalavrga kirish sinovlarini oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi.
Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish
TMC instituti o’zining ustavidan kelib chiqqan holda, hamda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta’qiqlanmagan boshqa normativ hujjatlar bilan amalga oshiradi.
Hujjatlarni qabul qilish tartibi
Bakalavrga kirishda abiturientlar oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Bakalavr dasturlari uchun
Rektor nomiga ariza;
Pasport (ID)
Umumiy o’rta ta’limni tugatganligi to’g’risida ma’lumotnoma yoki attestat;
3 x 4 hajmdagi 4 dona rangli fotosurat;
086-U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;
Hujjatlar 1 iyuldan 30 avgustgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abiturientlar pasport yoki ID karta hujjatlarini shaxsan ko‘rsatadilar.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abiturientning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) OAV orqali e’lon qilinadi. Qabul komissiya zimmasiga quyidagi mas’uliyat yuklanadi:
Kirish sinovlari sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabchan va adolatli professor-o‘qituvchilarni jalb etish;
Komissiya a’zolarining vazifalarini belgilash (maslahatlar berishni tashkil etish, imtihon savollarini tuzish, javoblarni baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar);
Sinov jarayoniga rahbarlik qilish va nazorat etish.
Fanlar bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish tartibi (o‘qituvchilarni auditoriyalarga taqsimlash, javoblarni shifrlash hamda tekshirish va hokazolar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Kirish sinovlarining natijalari, baholash mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan bo‘yicha imtihon komissiyasining a’zolari, qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.
Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan abiturientlarning sinov ishlari ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlariga tikib qo‘yiladi.
Oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda apellyasiya (norozilik) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
Abiturient sinov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyasiya qilish haqidagi ariza bilan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellyasiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etishi mumkin. Apellyasiya haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
Abiturientni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish va o‘qish uchun to‘lov tartibi
Belgilangan kontrakt oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari e'lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” “Ayollar daftari”ga kiritilgan abiturientlarga institut nizomida belgilangan bandiga asosan 20 foizgacha kontrakt summasidan chegirma qo’llaniladi.
Kunduzgi ta’lim: 18 million so’m (4 yillik)
Sirtqi ta’lim: 12 mln so’m (5 yillik)
Kechki ta’lim: 18 mln so’m (4 yillik)
Bakalavrga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 20 Sentabrdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta'lim muassasalarida 25 Sentabrga qadar abiturientlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy ta'lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.