Dasturlar
22.06.2022 2022-07-01 14:48Dasturlar
Fakultetlar, professor-o’qituvchilar
Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir o‘qituvchidan ulkan aql-zakovat, sabr-toqat, matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr-muxabbatli bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib borishi, o‘quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi va zarur paytda so‘z, ish yoki amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta’lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardir. Shunday ekan, TMC institutida o’z kasbini mukammal egallagan, ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan shaxsiy va kasbiy sifatlariga ega professional pedagog-xodimlar jalb qilingan bo’lib, talabalarga sifatli ta’lim berish yo’lida shay turishipti.
O'quv dasturlari kontrakt narxi:



Bakalavr
Grant Asosida O'qish
Bakalavrga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida har bir yo’nalishdan eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar abiturientlarning jami, 12 ta institut tomonidan tatbiq etilgan grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar ballar reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Talaba tomonidan o’quv faoliyatining barcha turlari-ma’ruza, amaliy mashg’ulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi ishi, amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan o’quv natijalariga erishish uchun zarur bo’lgan soatlar hajmini to’plagan talabalar grant o’rinlarini keying bosqichga olib o’tishga muvaffaq bo’ladi.